O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turkiy davlatlar tashkiloti TIVKning navbatdan tashqari yig‘ilishi to‘g‘risida
2022-01-11 | Siyosat
2022-yilning 11-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov videokonferensaloqa shaklida Turkiy davlatlar tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida ishtirok etdi.
Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkiya, O‘zbekiston, Vengriya va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari Qozog‘istondagi mavjud vaziyatni muhokama qildilar.
Tashkilot a’zolarining Qozog‘iston xalqi va rahbariyatini qat’iy qo‘llab-quvvatlashi va birdamligi ta’kidlandi. Tez orada mamlakatda tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishiga ishonch bildirildi.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha Qo‘shma bayonot qabul qilindi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi