O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Omicron shtammi sabab mamlakatimizda ehtiyot choralari kuchaytirilmoqda
2022-01-11 | Jamiyat
Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2022-yil 15-yanvardan boshlab, O‘zbekistonga kirish uchun quyidagi tartib joriy qilinmoqda:
Хorijiy davlatlardan O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchilar kelishidan kamida 48 soat oldin topshirilgan koronavirus infektsiyasiga PZR test natijasi bo‘yicha manfiy ko‘rsatkichli ma’lumotga ega bo‘lishi;
koronavirus infektsiyasiga PZR test natijasi bo‘yicha manfiy ko‘rsatkichga ega ma’lumotnoma bo‘lmaganda, aeroport, temir yo‘l vokzallari va chegara o‘tkazish punktlarida tashkil etilgan koronavirus infektsiyasiga ekspress test topshirishi shart.
Manba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi