O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Fargʻona viloyatida bir vaqtning o'zida 8 ta IT maktablar oʻz faoliyatini boshladi
2021-12-27 | Ta’lim
Fargʻona viloyatida 8 ta informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini boshladi. Ushbu maktablarning ochilish marosimi Dangʻara tumanidagi IT maktabdan bir vaqtning oʻzida onlayn shaklda tashkil etildi.
Dangʻara tumanidagi informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi, viloyat Xalq taʼlimi bo‘limi, tuman hokimligi rahbar va xodimlari, jamoatchilik vakillari, maktab oʻqituvchi va oʻquvchilari ishtirok etdilar.
Mazkur maktablarda informatika va robototexnika sinf xonalari tashkil etilgan. Ushbu maktablarda 475 nafar oʻquvchi 5-sinfga test asosida qabul qilindi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi