O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonning 2021-yilda qator xalqaro reytinglardagi o‘rni yaxshilandi

2021-12-24 | Siyosat

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Parlament yuqori palatasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi raisi Tanzila Norboyeva boshqargan yig‘ilishda 2021-yilda O‘zbekiston uchun ustuvor hisoblangan Statistik salohiyat indeksi, Jahon mamlakatlari demokratiyasi indeksi, Huquq ustuvorligi indeksi, Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi, Global innovatsion indeksi, Boshqaruv sifati indikatorlari kabi bir qator xalqaro reytinglardagi o‘rni yaxshilangani qayd etildi.

Xususan, Jahon odil sudlov loyihasi tashkiloti tomonidan e’lon qilingan Huquq ustuvorligi indeksining 2021-yilgi nashrida O‘zbekiston 14 pog‘ona ko‘tarilgan. O‘zbekiston uchun berilgan baholar 4,1 foizga oshib, bu borada eng yaxshi natija ko‘rsatgan 3 ta davlatdan biriga aylandi.

Global innovatsion indeksida O‘zbekiston 2021-yilda o‘tgan yilga nisbatan 7 pog‘onaga ko‘tarilib, 132 ta davlat orasida 86 o‘rinni egalladi, shu sababli eng katta pog‘ona yuqorilagan mamlakatlar top 10 taligiga kirdi.

Pandemiya davrida respublikamiz aholisining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash tizimining yaratilishi, jamiyatda faol fuqarolik tashabbuslarining ko‘rsatilishi Jahon xayriya indeksida O‘zbekiston 114 ta mamlakat orasida 2018-yildagi 53-o‘rindan 2021-yilda 29-o‘ringa ko‘tarilib (deyarli ikki baravar), top-30 talikka kirdi.

Umuman olganda, so‘nggi besh yilda mamlakatimizda investitsiya va biznes muhitini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, fiskal va tashqi xatarlarni kamaytirish borasida olib borilgan islohotlar natijasida ijtimoiy-iqtisodiy sohaga oid xalqaro reytinglarda 156 ta mamlakat ichida O‘zbekiston 88 o‘rinni egalladi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohaga oid ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha 2021-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasining III chorakdagi ijrosi ko‘rib chiqildi.

Unda ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy-huquqiy sohalarga oid xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlariga (KPI) erishish bo‘yicha kelgusidagi rejalar xususida fikr yuritildi.
Xususan, mamlakatimizda huquq ustuvorligi va sud mustaqilligini ta’minlash, biznes yuritish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, chet el investitsiyalarini faol jalb qilish va investorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, innovatsion ishlanmalarni rag‘batlantirish, yuqori texnologiyalar ishlab chiqarish hajmini oshirish, statistika tizimini takomillashtirish borasida Respublika kengashi oldida turgan dolzarb vazifalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mamlakatimizning siyosiy-huquqiy sohada xalqaro reyting va indekslardagi o‘rniga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi xalqaro shartnomalarga qo‘shilishning maqsadga muvofiqligi ko‘rib chiqildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohaga oid ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha 2022-yilga mo‘ljallangan tashkiliy chora-tadbirlar rejasi loyihasini ishlab chiqish, bunda mamlakatimizda yuzaga kelayotgan tizimli muammolarga e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.

Tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash maqsadida Biznes indikator natijalari yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari majlislarida mas’ul rahbarlarning hisobotlarini eshitib, hududda biznes muhitini yanada yaxshilash choralarini ko‘rib borish tavsiya etildi.

Tadbir yakunida mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy-huquqiy sohalardagi tarmoqlarni baholash maqsadida milliy reyting tizimini ishlab chiqish, ushbu jarayonga ilmiy doira vakillari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari hamda keng jamoatchilikni jalb qilish taklif etildi.

Yig‘ilishda mas’ul vazirlik va idoralar axboroti eshitilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Respublika kengashiga tegishli takliflar kiritilishi vazifasi qo‘yildi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться