O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

"Sayxun” festivali o‘zbek va qozoq yoshlarini yanada birlashtirdi

2021-12-24 | Yoshlar

Sirdaryo viloyatida “Sayxun” yoshlar festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Festival doirasida ko‘pmillatli, bag‘rikeng xalqimiz yoshlari ahil-inoqligini namoyish etish bilan bir qatorda qo‘shni davlatlar yoshlari bilan ham do‘st va hamfikr ekanliklarini ko‘rsatmoqda.

Viloyatdagi milliy-madaniy markazlar vakillari, yoshlar ishtirokida Toshkent viloyatidagi «G‘ishko‘prik» chegara postida bir guruh qozog‘istonlik yoshlardan iborat delegatsiya tantanali kutib olindi.

«Sayxun» yoshlar festivali doirasida o‘tkazilayotgan «Do‘stlik» forumi mehmonlari – qozog‘istonlik yoshlar Sirdaryo viloyati Guliston shahriga bordi. Forum ishtirokchilari g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘ydi. Viloyat musiqali drama teatri foyesida o‘zbek-qozoq xalqlari tarixi va qadriyatlariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi. «Do‘stlik ko‘prigi» shiori ostida tashkillashtirilgan konsert dasturi namoyish etildi.

So‘ng qozog‘istonlik mehmonlar viloyat hokimi, senator G‘ofurjon Mirzayev bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Sirdaryo zaminida olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik, yaratuvchanlik, qo‘shni davlatlar bilan barcha sohalarda aloqalarni kuchaytirish borasidagi ishlar, O‘zbekiston va Qozog‘iston davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik va hamkorlik munosabatlari xususida so‘z bordi.

Shundan so‘ng iste’dodli yosh ijodkorlar ikki millat ijodidan mushoira uyushtirib, baxshichilikda do‘stona bellashdi. – bugungi forumdan katta taassurot oldik, – deydi Yerasыl Tolebayev. –Do‘stligimizni yanada mustahkamlab, ikki davlatning o‘zaro do‘stlik va hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishda biz, qozog‘istonlik yoshlar ham munosib hissamizni qo‘shamiz. Sizlar boshlab bergan “Do‘stlik” forumi xalqlarimiz o‘rtasida haqiqiy do‘stlik ko‘prigi bo‘lib xizmat qiladi.

Uchrashuv yakunida qozog‘istonlik mehmonlarga “Do‘stlik” forumi statuetkasi va esdalik sovg‘alari topshirildi. 

Manba: O'zA

Поделиться