O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Investitsiyaviy muhitda yoshlar uchun yangi imkoniyatlar

2021-12-21 | Yoshlar

Joriy yilning 21-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Toshkent yoshlar forumida ishtirok etib, yoshlarga yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashning mavjud mexanizmlari va investitsiyaviy muhitda ularning faolligini oshirish istiqbollari haqida so‘zlab berdi.

U o‘z nutqida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan hamda xalqaro hamjamiyat tomonidan e'tirof etilgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyati, respublikamizning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi yo‘lidagi dadil qadamlar, xorijiy investorlar, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining O‘zbekistonga qiziqishi ortib borayotganini ta'kidladi.
 
Xorijiy investitsiyalarni jalb etishning ijobiy dinamikasi va “yashil” energetika, infratuzilmaviy rivojlanish hamda boshqa ustuvor yo‘nalishlarda yetakchi xorijiy kompaniyalar va rivojlanish bo‘yicha hamkorlar bilan birgalikda yirik loyihalarni amalga oshirishda erishilgan yutuqlar qayd etildi.
 
Iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishning muhim omili sifatida kasb-hunar va oliy ta'lim tizimini rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga alohida e'tibor qaratildi. Ushbu chora-tadbirlar yetakchi xorijiy universitetlar bilan faol hamkorlik qilishni, qo‘shma o‘quv dasturlari, amaliyot va malaka oshirish kurslarini amalga oshirishni o‘z ichiga oladi.
 
Shuningdek, O‘zbekiston bilan xalqaro moliya markazlari o‘rtasida moliyaviy ko‘prik vazifasini o‘tashga mo‘ljallangan hamda kapital va keng ko‘lamli moliyaviy xizmatlar va investitsiya vositalaridan keng foydalanish imkonini beruvchi yagona platforma – Toshkent investitsiya-moliya markazining tashkil etilishi e'lon qilindi.
 
S.Umurzakov o‘z nutqida yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash dasturlarini amalga oshirish natijalariga alohida e'tibor qaratdi. Xususan, o‘tgan yil davomida mamlakatimizda 192 ta yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tashkil etilib, ularda 345,4 mlrd so‘mlik 185 ta loyihalar amalga oshirilgani hamda shuning evaziga 3,5 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilgani ma'lum qilindi. Shu bilan birga, umumiy qiymati 1,7 trln so‘mdan ziyod bo‘lgan 3,1 mingdan ko‘proq loyiha amalga oshirilib, ularda qo‘shimcha ravishda 36,4 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi. Bundan tashqari, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ko‘magida umumiy qiymati 110,9 milliard so‘mlik 163 investitsiya loyihasi moliyalashtirildi.
 
Yoshlar bilan muloqot qilish hamda ularning loyiha va biznes g‘oyalarini amalga oshirishda yordam ko‘rsatish jarayonida aniqlangan muammolar, jumladan, mamlakatimiz tijorat banklarida yuqori darajadagi byurokratiyaning mavjudligi, yosh tadbirkorlarda boshlang‘ich mablag‘ning, biznes yuritish uchun zarur bo‘lgan bilim va tajribaning yetishmasligi va boshqa omillar tadbir davomida ko‘rib chiqildi.
 
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan investitsiyaviy muhitda yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishni rag‘batlantirishga qaratilgan 100 eng yaxshi innovatsion investitsiya loyihalari tanlovi boshlab yuborilgani e'lon qilindi.
 
Tadbir davomida ishtirokchilar Bosh vazir o‘rinbosari bilan bevosita muloqot qilish, istiqbolli g‘oya va takliflarni bildirish, o‘zlarini qiziqtirgan mavzular bo‘yicha savollar berish imkoniga ega bo‘ldilar. Bundan tashqari, yoshlar vakillari tadbirkorlik faoliyati davomida duch kelgan xususiy muammolarni ham ko‘tardilar. Mazkur muammolar bevosita forum doirasida ko‘rib chiqilib, ularning yechimi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyati hamda Vazirlar Mahkamasining mas'ul xodimlari tomonidan nazoratga olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться