O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalq ta'limi Vaziri Sirdaryo Viloyatidagi maktablar bilan yaqindan tanishdi
2021-12-17 | Ta’lim
Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov Sirdaryo viloyati, Xovos tumanidagi 12- hamda 26-maktabida boʻldi.
Baxtiyor Saidov 12-maktabda oʻquvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishar ekan, oʻqituvchilar bilan taʼlim sifatini koʻtarish boʻyicha fikr almashdi. Har bir oʻquvchi qalbiga ilm-fan ziyosini singdirib, ularni el-yurtga munosib insonlar etib tarbiyalash pedagoglarning asosiy burchi ekanligini alohida taʼkidladi. Shuningdek, oʻqituvchilarning jamiyatdagi nufuzini, bolalarni kasbga yoʻnaltirish mahoratini oshirish masalalari, bolalarni komil inson sifatida tarbiyalashda oʻqituvchilarning masʼuliyati haqida mulohazalar bildirildi. Maktab oʻquvchilari bilan yaqindan suhbatlashib, ularning qiziqishlarini soʻradi. Taʼlim muassasasida kompyuter sinfi tashkil etilib, oynai jahon sovgʻa qilinishi hamda maktabni 2023-yil investitsiya dasturiga kiritish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.
Baxtiyor Saidov Sirdaryo maktablari bilan yaqindan tanishar ekan, oʻqituvchilarning bilim saviyasi va malakasi oshirish, 7 kompetensiya boʻyicha bilimlarini baholash, taʼlim sifat-samaradorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligini taʼkidladi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi