O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Shavkat Mirziyoyev koreyalik vatanparvarlar xotirasiga ehtirom ko‘rsatdi
2021-12-17 | Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-dekabr kuni Seuldagi milliy qabristonga tashrif buyurib, marhumlar xotirasiga ehtirom ko‘rsatdi.
Bu yerda Koreya mustaqilligi uchun kurashgan hamda urushlarda halok bo‘lgan insonlar, mamlakat rivojiga katta hissa qo‘shgan davlat va jamoat arboblari dafn etilgan. Shu bois u tabarruk qadamjo sifatida e’zozlanadi. Xorijiy davlatlar rahbarlarining bu yerga kelishi koreys xalqiga hurmat ifodasihisoblanadi.
Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida mazkur qabristondagi yodgorlik poyiga gulchambar qo‘ydi va esdalik bitigi qoldirdi. Bu bitik majmua muzeyidan joy oladi.
Davlatimiz rahbari Faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozdi.
Manba: O'zA