O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida nechta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi?
2021-12-16 | Sog‘liqni saqlash
2021-yilning 1-dekabr holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 10 298 tani tashkil etgan.
Joriy yilning yanvar - noyabr oylarida ushbu sohada 1 705 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 124,6 foizga oshganligini ko‘rishimiz mumkin.
2021-yil yanvar-noyabr oylarida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar:
Toshkent shahri – 319 ta
Farg‘ona viloyati – 193 ta
Samarqand viloyati – 168 ta
Andijon viloyati – 151 ta
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Sоg`liqni sаqlаsh vаzirligi