O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Pokiston Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida
2021-12-15 | Siyosat
2021-yilning 15-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Pokiston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat chog‘ida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Pokiston strategik sherikligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. BMT, IHT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida tomonlarning o‘zaro hamkorligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Turli darajadagi bo‘lajak muloqotlar jadvali ko‘rib chiqildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi