O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qo’mita rahbariyatining “O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida Jahon banki missiyasi bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi

2021-12-13 | Iqtisodiyot

2021- yil 13- dekabr kuni Davlat statistika qo’mitasi rahbariyatining Jahon banki missiyasi bilan “O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash” loyihasi bo’yicha onlayn uchrashuvi bo’lib o'tdi.

Uchrashuvda, Jahon banki ishchi guruhi a’zolari – Uilyam Seitz, Chiyu Niu, Sevilya Muratova, Shuhrat Shodmonov  hamda Davlat statistika qo’mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi tarmoq boshqarmalari boshliqlari ishtirok etishdi.

Missiyaning maqsadi “O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirishdagi keyingi qadamlarni, harakat rejasini, shuningdek, loyiha doirasida ma'lumotlar bo‘yicha so‘rovlarni muhokama qilishdan iborat.

Eslatib o’tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi PQ- 4796-sonli qaroriga muvofiq, Jahon banki ekspertlari ko‘magida ishlab chiqilgan “2020—2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi” tasdiqlangan edi.

Yig‘ilishda ishchi guruh a'zolari loyihaning borishi, joriy vazifalari va kelgusidagi tadbirlar rejasi bilan qo‘mita raisini tanishtirdi. Loyihaning tarkibiy qismlari, xususan, institutsional islohotlar va salohiyatni rivojlantirish, ma’lumotlarni tayyorlash, texnik imkoniyatlarni takomillashtirish, shuningdek, loyihani boshqarish masalalari ko’rib chiqildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar mazkur loyiha doirasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Uchrashuv iliq va do‘stona ruhda o‘tdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

Поделиться