O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Dubayda BAA Bosh vaziri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2021-12-10 | Siyosat

Dubay shahrida “EXPO 2020 DUBAI” Butunjahon ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston Milliy pavil'onida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Birlashgan Arab Amirliklari vise-prezidenti va Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida BAA tomoni O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barcha sohalarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishda erishayotgan muvaffaqiyatlarga alohida urg‘u berdi. BAA Bosh vaziri O‘zbekistonning “EXPO 2020 DUBAI” ko‘rgazmasidagi milliy pavil'on bilan ishtirokiga yuqori baho berar ekan, ushbu tadbirni xalqaro maydonda mamlakatimiz imidjini mustahkamlashdagi muhim qadam sifatida qayd etdi.
 
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishda ishga solinmagan salmoqli salohiyat mavjudligi alohida ta'kidlandi. Tomonlar siyosiy, investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik kun tartibini boyitish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
 
Energetika, qishloq xo‘jaligi, infratuzilma va sog‘liqni saqlash kabi sohalarda loyihalar amalga oshirilishini jadallashtirish, qo‘shma investitsiya portfelini kengaytirish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilishga kelishildi.
 
Ikki tomonlama hamkorlik kun tartibida tomonlar BAA hukumat ishlari vazirligi ko‘magida davlat boshqaruvini takomillashtirish dasturining muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini ta'kidladilar. “Yosh liderlar dasturi”ning ishga tushirilishi ushbu sohadagi hamkorlikni kengaytirish borasidagi yangi qadam sifatida yuqori baholandi.
 
Ikki mamlakatning o‘zaro manfaatli sheriklikni yanada izchil mustahkamlashga sodiqligi bildirildi va birgalikda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
 
Shuningdek, BAA tomoni uchun O‘zbekiston ekspozisiyasi bo‘ylab tur tashkil etildi, unda mamlakatimizning boy madaniy-tarixiy merosi mul'timedia shaklida taqdim qilindi, uning Buyuk Ipak Yo‘lining rivojlanishidagi hamda Islom sivilizatsiyasining shakllanishidagi roli ochib berildi, shuningdek, O‘zbekistonning investitsiyaviy, sanoat va savdo salohiyati, mamlakatimizning kelgusi o‘n yillikdagi taraqqiyot strategiyasi namoyish etildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться