O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“EXPO 2020 DUBAI” Butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekistonning milliy kuni

2021-12-10 | Siyosat

Dubay shahrida (BAA) “EXPO 2020 DUBAI” Butunjahon ko‘rgazmasi doirasida Al Wasl Plaza ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston Respublikasining Milliy kuni - mamlakatimiz tarixi, zamonaviy taraqqiyoti va salohiyatiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari davlat bayroqlarini tantanali ko‘tarish marosimi bilan boshlandi. Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov va Birlashgan Arab Amirliklari Vazirlar Mahkamasi a'zosi, bag‘rikenglik va hamjihatlik vaziri Shayx Nahayon bin Muborak Ol Nahayon ishtirok etdi. Delegatsiyalar rahbarlari o‘z qutlov so‘zlari chog‘ida O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi munosabatlar yuksak darajada ekanligini, investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikda erishilgan yutuqlarni alohida ta'kidladilar.
 
“Ekspo – ommaviy diplomatiya va milliy brending uchun noyob platforma. Ishtirokchi mamlakatlar texnologik innovasiyalar va milliy madaniyatlarini namoyish etadi, ijobiy va o‘ziga xos milliy o‘zlikni shakllantirish uchun fuqarolik jamiyati bilan o‘zaro muloqotda bo‘ladi. O‘zbekiston 1993-yildan buyon xalqaro ko‘rgazmalarda, shuningdek, ixtisoslashgan Ekspo ko‘rgazmalarida ishtirok etib kelmoqda, biroq bu safar biz mamlakatimizni birinchi marta milliy pavil'on bilan namoyish etmoqdamiz. O‘ylaymanki, bu BAA bilan aloqalarni mustahkamlash niyatimizning jiddiyligini aks ettiruvchi yaxshi belgidir”, - dedi S.Umurzoqov o‘z nutqida.
 
Ochilish marosimidan so‘ng ikki mamlakat delegatsiyalari rahbarlari va rasmiylari O‘zbekiston milliy pavil'oni bilan tanishdilar. O‘zbekiston pavil'oni 1739 kvadrat metr maydonda joylashgan bo‘lib, “Harakatchanlik” shiori ostida Buyuk Ipak Yo‘li bo‘ylab sayohatni konseptual tarzda ifodalaydi. Unda mamlakatimiz taraqqiyotining tarixiy marralari, shuningdek, so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rivojlanish strategiyalari aniq tasvirlangan. “O‘zbekiston” pavil'oniga har kuni o‘rtacha 2,5-3 ming kishi tashrif buyurmoqda.
 
Tadbir dasturidan milliy madaniyat va san'atimizni keng ommaga taqdim etgan O‘zbekiston san'at ustalari ishtirokidagi boy konsert dasturi o‘rin oldi. Oqshom mehmonlari uchun “O‘zbekiston” pavil'oni bo‘ylab qiziqarli ekskursiyalar tashkil qilindi. O‘zbek xalqining eng yaxshi mehmondo‘stlik an'analariga muvofiq, milliy o‘zbek taomlari ham bayramning ajralmas qismiga aylandi.
 
Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari Birlashgan Arab Amirliklari milliy pavil'onida bo‘lib, unda BAAning rivojlanish tarixi hamda iqtisod, ilm-fan, san'at va boshqa sohalardagi zamonaviy yutuqlariga bag‘ishlangan ekspozisiya bo‘ylab tur tashkil etildi.
 
Mamlakatning EXPO 2020 DUBAIdagi ishtirokidan ko‘zlangan asosiy maqsad – zamonaviy O‘zbekiston qiyofasi, mamlakatda kechayotgan islohotlar, jadal rivojlanayotgan iqtisodiyot, muhim investitsiyaviy imkoniyatlar, madaniy-tarixiy meros va sayyohlik salohiyatini namoyish etishdir. Shuningdek, bu tashqi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, istiqbolli tarmoqlarga investitsiyalarni jalb etish, turistik oqimlarni ko‘paytirish, ilmiy va madaniy sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish va mamlakatni jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashtirishga albatta yordam beradi.
 
Ko‘rgazma faoliyati doirasida mamlakatimizning merosi, madaniyati va salohiyati bilan tanishtiruvchi qator tadbirlar o‘tkazildi. Jumladan, 27-noyabr kuni Dubay operasi sahnasida “Lazgi – qalb va muhabbat raqsi” baletining prem'erasi taqdim etildi. 29-noyabr kuni “Jamiyat ijtimoiy hayotini zamonaviylashda xotin-qizlarning o‘rni” mavzusida O‘zbekiston sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 30- noyabr kuni mashhur o‘zbek pianinochisi Behzod Abduraimov Jubilee Park EXPO 2020 sahnasida yirik xalqaro auditoriyasiga o‘z mahoratini namoyish etdi.
 
EXPO 2020 DUBAI Butunjahon ko‘rgazmasi 2022-yilning 31-martigacha davom etadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться