O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ob-havo sovishi kutilmoqda, avtomobilingiz shinalari qish mavsumiga yaroqlimi?

2021-12-03 | Xavfsizlik sohasi

Gidrometeorologiya xizmati markazining xabariga ko‘ra, yakshanba kuni salqin havo massalari O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. 

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati shu kunning me’yoriy qiymatlariga nisbatan yanada pasayadi va kechasi 2-7° iliqni, kunduz kuni 5-10° iliqni tashkil etadi, shimolda kechasi 3-8° sovuqqacha, kunduz kuni 0-5° sovuqgacha bo‘ladi. Shanba va yakshanba kunlari kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Ob-havo sharoitining sovushi kutilayotganligi sababli, Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligini tekshirib, shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi belgilangan me’yorda bo‘lishiga e’tiborli bo‘lib, yo‘llarda o‘ta ehtiyotkorlik bilan:

-qoidalarga rioya qilgan holda;

-tezlikni me’yordan oshirmasdan;

-oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini so‘raydi.

Texnik soz transportni boshqarish - o‘zingiz va atrofdagilar xavfsizligi uchun muhimdir!

Manba:

Поделиться