O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Farg‘ona viloyatida investitsiyaviy va tashqi savdo faoliyatini faollashtirish chora-tadbirlari o‘rganildi

2021-11-30 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzoqov rahbarligidagi ishchi guruh Farg‘ona viloyatidagi investitsiyaviy va tashqi savdo faoliyati shuningdek, sanoat rivojlanishining bugungi holatini o‘rganish maqsadida mazkur hududga tashrif buyurdi.

Investitsiyalar va tashqi savdo masalalariga mas'ul bo‘lgan viloyat, shahar va tuman darajasidagi mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari, Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi a'zolari, shuningdek vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari va tijorat banklari rahbarlari ishtirokida videokonferensiya shaklida hududiy investisiya dasturini amalga oshirish, yirik sanoat ob'ektlarini ishga tushirish va barqaror ishlashini ta'minlash, viloyatning istiqbolli sohalarini rivojlantirish hamda eksport salohiyatini yuksaltirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
 
Joylarda investitsiyalarni jalb etish va eksport faoliyatini rivojlantirishni rag‘batlantirish, mahalliy tadbirkorlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish hamda ishlab chiqarishni kengaytirish va yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishda ularga yordam ko‘rsatish bo‘yicha yangi tizimning amalda joriy etilishi ko‘rib chiqildi. Yangi mexanizmlardan samarali foydalanish yuzasidan batafsil ko‘rsatmalar berildi, tadbirkorlar bilan ishlash jarayonida ko‘tarilgan aniq masalalar o‘rganildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться