O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston delegatsiyasining “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” hamkorlik forumidagi ishtiroki to‘g‘risida
2021-11-30 | Siyosat
2021-yilning 30-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” 14-hamkorlik forumida ishtirok etadi.
Uchrashuvda Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi holati va yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosat yuzasidan fikr almashiladi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi