O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbek-Qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasi faoliyati bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi

2021-11-28 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 27-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov O‘zbekiston-Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi boshqaruvi raisi U.Karmishakovni qabul qildi.

Uchrashuv davomida, birinchi navbatda, kelgusida Jamg‘arma hisobidan moliyalashtirish uchun istiqbolli loyihalarni ko‘rib chiqish va tanlashni nazarda tutib, Jamg‘armaning amaliy faoliyatini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
 
Ta'kidlanganidek, hozirgi kunda Jamg‘arma rahbariyati tomonidan qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, bog‘dorchilik, pillachilik, qurilish materiallari ishlab chiqarish, farmatsevtika sohalaridagi investitsiyaviy loyihalar ro‘yxati tuzilgan. Shuningdek, O‘zbekiston va Qirg‘izistonning chegara hududlarida qo‘shma savdo-logistika majmualarini yaratish imkoniyatlari o‘rganilmoqda.
 
Muloqot chog‘ida tomonlar alohida loyihalarning afzalliklarini batafsil muhokama qilib, ularning foydaliligi va iqtisodiy samarasini hisobga olgan holda, ularni tezroq amalga oshirishni boshlash maqsadida loyihalarning yakuniy ro‘yxatini shakllantirish borasida birgalikda amalga oshiriladigan navbatdagi tadbirlarni belgilab olishdi.
 
Shuningdek, uchrashuv yakunida Jamg‘armaning tuzilmasining tashkil etilishi hamda amaliy faoliyati bilan bog‘liq bir qator masalalar kelishib olindi. Bu ma'qullangan loyihalarni moliyalashtirishni tezlashtirish imkonini beradi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться