O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichda

2021-11-26 | Siyosat

Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Parlamentlararo assambleyasining navbatdagi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

Yig‘ilish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Norboyeva Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi V.Matviyenko bilan uchrashdi.

V.Matviyenko mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, joriy yilning 24-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovini yuqori baholadi. 

– Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro ishonchga ega, ular Rossiya – O‘zbekiston hamkorligi kun tartibini belgilab beradi. Davlatlarimiz rahbarlarining sa’y-harakatlari tufayli o‘zaro munosabatlar misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarildi, – dedi V.Matviyenko. – Hamkorligimiz iqtisodiy, gumanitar va boshqa sohalarda muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. O‘zbekiston Prezidenti parlament hamkorligini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. “Do‘stlik” ordeni uchun alohida minnatdorlik bildiraman.

Uchrashuvda O‘zbekiston – Rossiya hamkorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirgan tashrifi ikki tomonlama munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatini yana bir bor tasdiqlaydi.

– Tashrif chog‘ida davlat rahbarlari O‘zbekiston – Rossiya parlamentlararo hamkorligini yanada rivojlantirish muhimligiga alohida e’tibor qaratdi. Mamlakatlarimiz rahbarlarining yuksak bahosi barcha sohalarda hamkorlikni rivojlantirish uchun barchamizga yanada katta mas’uliyat yuklaydi, – deya ta’kidladi T.Norboyeva. – Erishilgan kelishuvlarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish ustuvor vazifa hisoblanadi. Muloqotda mazkur xalqaro tashkilot doirasidagi hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqildi. Tomonlar Toshkentda bo‘lib o‘tgan Federatsiya Kengashi va Oliy Majlis Senati o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha Parlamentlararo komissiyaning oltinchi majlisi ishi yakunlarini yuqori baholadi.

Tanzila Norboyeva parlamentlararo hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish maqsadida V.Matviyenkoni O‘zbekistonga tashrif bilan kelishga taklif qildi.

Shuningdek, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, jumladan, koronavirus infeksiyasiga qarshi birgalikda kurashish yuzasidan fikr almashildi.

Manba: O'zA

Поделиться