O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Seulda savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya hukumatlararo qo‘mitasining 11-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2021-11-26 | Siyosat

Joriy yilning 25-noyabr kuni Seul shahrida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya Hukumatlararo qo‘mitasi (HQ)ning 11-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov hamda Koreya Respublikasi savdo, sanoat va energetika vaziri Mun Sun Uk hamraislik qildi.

Yig‘ilishda ikki mamlakatning asosiy vazirliklari, idoralari, tegishli agentliklari va tarmoq birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi.
 
Yig‘ilish davomida investitsiyalar, savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, infratuzilmani rivojlantirish, energetika, axborot-kommunikatsiya sohasi va sog‘liqni saqlash yo‘nalishlarida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
 
Konstruktiv muloqot kun tartibining asosiy bandlari yuzasidan fikr almashish imkonini berdi. Har ikki tomonning ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish va birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar, tashabbus va dasturlar sonini ko‘paytirishga qat'iy sodiqligi bildirildi.
 
Tadbir dasturi doirasida so‘zga chiqqan HQ hamraislari koronavirus pandemiyasining jahon iqtisodiyotiga salbiy ta'siriga qaramasdan, rivojlanish sur'atlarini saqlab qolgan ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning barqaror xususiyatini qayd etdilar. Koreya tomoni O‘zbekistonga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish milliy dasturlarini amalga oshirishda yordam berishga sodiqligini hamda o‘zaro hurmat asosida va ikki mamlakat manfaatlarini hisobga olgan holda uzoq muddatli strategik sheriklikka tayyor ekanini bildirdi.
 
Investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish, O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasida Erkin savdo to‘g‘risidagi bitim loyihasini ishlab chiqishni jadallashtirish, O‘zbekistonning JSTga a'zo bo‘lishi borasida maslahatlashuvlarni faollashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari karantini sohasidagi hamkorlik, infratuzilmaviy va energetika loyihalarini amalga oshirish, sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va savdo sohalarida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, geologiya-qidiruv, foydali qazilmalarni kavlab olish, metallurgiya va to‘qimachilik sanoati sohalarida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator takliflar ishlab chiqildi va har tomonlama ko‘rib chiqildi.
 
Hukumatlararo darajadagi ochiq muloqot hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun o‘zaro manfaatlar yo‘nalishlarini aniq belgilab olish hamda iqtisodiy sheriklikning yangi “o‘sish nuqtalari”ni aniqlash imkonini berdi.
 
Uchrashuv yakunida tadbir davomida erishilgan asosiy kelishuvlar va ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirishning asosiy mexanizmlarini aks ettiruvchi yakuniy bayonnoma imzolandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться