O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Investitsiyalar va tashqi savdo faoliyatini rag‘batlantirishning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha ishlar davom etmoqda

2021-11-25 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy hokimiyat organlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining investitsiyalar masalalari kompleksiga kiruvchi vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari rahbarlari bilan uchrashdi.

Tadbirda Respublika viloyat, shahar va tuman hokimlarining o‘rinbosarlari, viloyat hokimlarining mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha yordamchilarihamda erkin iqtisodiy zonalar rahbarlari - jami 300 nafardan ortiq kishi ishtirok etdi.
 
Shu oyda ushbu rahbarlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasida yetakchi mahalliy hamda O‘zbekistonda filiallari bor bo‘lgan xorijiy oliy ta'lim muassasalarining o‘qituvchi va mutaxassislarini jalb etgan holda tashkil etilgan maxsus seminarlarda o‘qidilar. O‘quv mashg‘ulotlari “Loyihalarni boshqarish”, “Strategik menejment, o‘zgarishlarni boshqarish va tanqidiy fikrlash”, “Tashqi savdo faoliyatini rivojlantirish, korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish hamda ularni to‘liq quvvat bilan ishlashini ta'minlash” yo‘nalishlarida o‘tkazildi.
 
Seminar ishtirokchilari Strategik rivojlanish agentligidagi Loyiha ofisi va respublikaning har bir tuman va shahrida ochilayotgan loyiha guruhlari faoliyatining ayrim jihatlari, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tadbirkorlarni tanlash tamoyillari, ularni moliyalashtirish mexanizmlari, xolding kompaniyalari ishini yo‘lga qo‘yish, Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va O‘zbekiston to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi imkoniyatlari bilan tanishdilar. O‘quv jarayoniga tadbirkorlar taklif etildi, ular loyihani amalga oshirish va eksport faoliyati bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Bu esa, o‘z navbatida, amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish va real holatlar misolida aniq muammolarni ko‘rib chiqish hamda optimal yechimlarni ishlab chiqish imkonini berdi.
 
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda seminarlar to‘g‘risida ma'lumot tinglandi, shuningdek, investitsiyalarni rag‘batlantirish, sanoat korxonalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va eksportni oshirishning yangi tizimini amaliyotga joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi. Joylarda samarali ishlarni tashkil etish va yangi mexanizm asosida kelgusi yil uchun hududiy investitsiya dasturlarini shakllantirishga oid masalalar muhokama etildi. Shuningdek, tasdiqlangan investitsiya dasturlari ijrosini tahlil qilish va alohida loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar ko‘rish topshirildi.
 
Investitsiyaviy loyihalarni tayyorlash hamda amalga oshirishning yangi samarali tizimini joriy etishga doir normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish va tasdiqlash bo‘yicha ishlar jadallashtiriladi. Unda loyiha guruhlariga qo‘yiladigan talablar, loyiha guruhlari rahbarlari faoliyatining natijadorlik ko‘rsatkichlarini belgilash tamoyillari, xolding kompaniyalari tomonidan hududlarda loyihalarni amalga oshirish va moliyalashtirish tartibi nazarda tutiladi.
 
Yangi mexanizmni hududlarda joriy etishni muvofiqlashtirish Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi xodimlari hamda Investitiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyati tomonidan amalga oshiriladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться