O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Prezident Moskvaga keldi
2021-11-19 | Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-noyabr kuni Rossiyaga tashrif bilan keldi.
Moskvadagi “Vnukovo-2” aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Federatsiyasi Prezidenti yordamchisi Maksim Oreshkin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Shundan so‘ng, Prezident Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazish uchun Kremlga yo‘l oldi. Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Manba: O'zA