O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Senati raisi YUNISEFning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vakolatxonasining mintaqaviy direktori bilan uchrashdi
2021-11-17 | Siyosat
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva kecha YUNISEFning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vakolatxonasining mintaqaviy direktori Afshon Xon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda Afshon Xon O‘zbekistonda Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bolalar huquqlarini himoya qilish, taʼlim sohasini rivojlantirish va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli samarali islohotlarga yuksak baho berdi.
Tarbiya, bolalar huquqlarini himoya qilish, bolalar mehnatiga barham berish, ularning jismoniy, aqliy va maʼnaviy tarbiyasini takomillashtirish, shuningdek, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish va yaxshilash bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Mamlakat hukumatining bolalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bilim olishi, kasb-hunarli va uy-joyli bo‘lishi uchun imkoniyat yaratish hamda ularni ishga joylashtirish borasidagi saʼy-harakatlari eʼtirof etildi.
Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishning boshqa yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi