O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Yevrokomissar bilan uchrashuv to‘g‘risida
2021-11-16 | Siyosat
Bryussel shahrida Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Yevropa Ittifoqining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissari Yutta Urpilaynen bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida Yevropa tomoniga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, respublikamiz zamonaviy tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari va erishgan yutuqlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tomonlar O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, jumladan, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasi doirasidagi aloqalarni muhokama qildilar.
Ilgari qabul qilingan qo‘shma tashabbus va dasturlarni amalga oshirish jarayoni, shuningdek, turli darajadagi hamda shakldagi bo‘lajak uchrashuvlar jadvali ko‘rib chiqildi.
Delegatsiyalar Afg‘onistondagi vaziyat va xalqaro hamjamiyatning sa’y-harakatlari doirasida ushbu mamlakatga insonparvarlik yordami ko‘rsatish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi