O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Sambochilarimiz jahon chempionatini 11 ta medal bilan yakunlashdi
2021-11-15 | Sport
Toshkent shahridagi “Yunusobod sport majmuasi”da o‘tkazilgan sambo bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi.
Uch kun davomida sambo muxlislari keskin va shiddatli bellashuvlar guvohiga aylanishdi. Musobaqada ishtirok etgan o‘zbekistonlik sambochilar umumiy hisobda 11 ta medal qo‘lga kiritishdi. Terma jamoamiz a’zolari 3 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medallariga ega chiqishdi. Terma jamoamiz safida quyidagi sportchilarimiz sovrindor bo‘lishdi:
Oltin:
-58 kg: Bahodir Bakiyev (jangovar sambo)
-88 kg: Ixtiyor Eshmurodov
-98 kg: Nodirjon Mirxalikov
Kumush:
-79 kg: Ulug‘bek Rahmonov
-64 kg: Oybek Soliyev (jangovar sambo)
-50 kg: Sabina Davlatova
-79 kg: Furqat Ro‘ziyev (jangovar sambo)
-88 kg: Sohibjon Hasanboyev (jangovar sambo)
Bronza:
-59 kg: Ibodatxon Agojonova
+98 kg: Hakimjon Ismoilov (jangovar sambo)
-71 kg: Istam Qudratov
Ushbu natija orqali sambochilarimiz jahon chempionatini umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinda yakunlashdi. Birinchi o‘rinni Rossiya vakillari egallashgan bo‘lsa (8 ta oltin, 6 ta kumush, 4 ta bronza), kuchli uchlikka Belarus vakillari (3 ta oltin, 5 ta kumush) yakun yasashdi.
Qayd etish joiz, oʻtgan oy oʻsmirlar va yoshlar jamoamiz Gretsiyaning Saloniki shahrida oʻtgan jahon chempionatida umumjamoa hisobida ikkinchi boʻlgan edi. Bugun kattalar jamoamiz ham ana shunday yuksak natijani qayd etishdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi