O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

2021-11-15 | Hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimizda aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish, sog‘liqni saqlash tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, zamonaviy davolash usullarini amaliyotga keng joriy etish, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi, ayniqsa, koronavirus pandemiyasi sharoitida professional burchini sidqidildan ado etib kelayotgani, chuqur bilim va yuqori malakaga ega mutaxassislarni tayyorlash yo‘lidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:   

I darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Yusupov Azamat Farxadovich    -    Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

Abdullayeva Ibodat Babajanovna    -    Navoiy shahri markaziy shifoxonasining terapiya bo‘limi mudiri, Navoiy viloyati

Abralov Xakimjon Kabuldjanovich    -    Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining bolalar tug‘ma yurak nuqsonlari xirurgiyasi bo‘limi mudiri 

Xudoyberdiyeva Mexrinisa    -    Piskent tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi akusher-ginekologi, Toshkent viloyati

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Maxkamov Moxir Ergashevich    -    Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining maslahat poliklinikasi shifokori

Nurmatova Shoira Oktyabrevna     -    U.Qurbonov nomidagi Respublika bolalar ruhiy-asab shifoxonasi bosh shifokori 

Pardayeva Minavara Djalilovna    -    Surxondaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining reanimatsiya-anesteziologiya bo‘limi shifokori 

Raximova Sharapat Salixovna    -    Toshkent shahri bolalar ftiziatriya sihatgohi bosh shifokori

Ruzmetova Gularom    -    Xonqa tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi bolalar shifokori, Xorazm viloyati 

Teshabayev Azimjon Xakimovich    -    Andijon tumanidagi 3-oilaviy poliklinikasi mudiri, Andijon viloyati 

Teshabayeva Sroya Nazirovna    -    Sirdaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining neonatologiya bo‘limi mudiri

Toshev Egamberdi    -    Qashqadaryo viloyati ftiziatriya shifoxonasining jarrohlik bo‘limi jarrohi

Yusupova Nasiba Avazovna    -    G‘uzor tumanidagi 44-oilaviy poliklinikasi oilaviy shifokori, Qashqadaryo viloyati

I darajali «Salomatlik» ordeni bilan

Abduraximov Shamshiddin Komilovich    -    Pop tumanidagi «Madadim Sino» xususiy nevrologiya shifoxonasi rahbari, Namangan viloyati

Azimova Saboxat  Burxonovna    -    Mirzacho‘l tumanidagi «Ibn Sino izdoshi» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati

Amirkulov Baxtiyor Djumayevich    -    Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi elektrofiziologiya tekshiruvi va yurak aritmiyasining murakkab turlarini jarrohlik yo‘li bilan davolash bo‘limi jarrohi

Muxtarov Shuxrat Tursunovich    -    Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

Yuldashev Rustam Shavkatovich    -    Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i

II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

Abduraxmanov Shuxrat Mansurovich    -    Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali xirurgiya bo‘limi mudiri 

Akbarov Shuxrat Umaraliyevich    -    Farg‘ona tumanidagi 65-oilaviy poliklinikasi mudiri, Farg‘ona viloyati

Akramova Frangiza Qodir qizi    -    Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati direktori

Alidjanov Nazrulla Abdulbariyevich    -    Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ko‘p tarmoqli klinikasi urologiya bo‘limi mudiri 

Aripova Nazokat Boxodirovna    -    Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining onkogematologiya bo‘limi mudiri

Baltabayeva Sharban Djanabayevna    -    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus harbiy gospitali terapiya bo‘linmasi shifokori 

Burixodjayeva Surayyoxan Matlabxodjayevna    -    Toshkent shahridagi «M.Fedorovich klinik sanatoriysi» mas’uliyati cheklangan jamiyatibosh shifokori

Yegitov Aziz Muratovich    -    Uchko‘prik tumanidagi «Yigitov Clinic» xususiy shifoxonasi rahbari, Farg‘ona viloyati

Qosimov Latif Shavkatovich    -    Oqqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi mudiri, Toshkent viloyati

Mansurov Shoxrux Karimovich    -    Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filiali kardioreanimatsiya bo‘limi anesteziolog-reanimatologi 

Matkarimov Zoxidjon Turdaliyevich    -    Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi jarroh-transplantologi  

Miryunusov Mirnasir    -    Tibbiyot bosh boshqarmasining «Qibray» klinik sanatoriysi direktori

Nishonov Faxriddin Sayfullayevich    -    Zomin tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi mudiri, Jizzax viloyati

Odilova Barno To‘lkunovna    -    O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi direktori

Pulatova Ruqiya Ravshanovna    -    Navbahor tumanidagi «Dul-dul» oilaviy shifokorlik punkti mudiri, Navoiy viloyati

Sabirov Dilmurat Suyunovich    -    Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining bolalar anesteziologiya va xirurgik reanimatsiya bo‘limi mudiri

Tursunova Diloram Alimovna    -    O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining vaksinalar va immunoprofilaktika bo‘limi mudiri 

Xamidova Rakiya Akbaraliyevna    -    Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limi shifokori 

Xashimova Djamilya Xabibovna    -    Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining sud-gistologiya bo‘limi mudiri 

Xodjayev Abduvaxid Valiyevich    -    Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yetakchi ilmiy xodimi 

Haqqulov Erkin Bekmurzayevich    -    Yunusobod tumanidagi «Yunusobod Medical» xususiy klinikasi bolalar jarrohi, Toshkent shahri 

Sharipova Feruza Babadjanovna    -    Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm filiali poliklinikasi onkoginekologi

Shodiyeva Yulduz Xudoyberdiyevna    -    Qarshi shahridagi «Dilshifo maskani» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh shifokori, Qashqadaryo viloyati

Ergashev Baxtiyor Berdaliyevich    -    Respublika perinatal markazining neonatal xirurgiya markazi rahbari

Eshboyev Abdulhakim To‘laganovich    -    Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Surxondaryo filiali direktori

«Do‘stlik» ordeni bilan

Abbasova Gulnoz Isayevna    -    Guliston shahridagi 4-oilaviy poliklinikasi mudiri, Sirdaryo viloyati

Israilova Ashurxon Xakimovna    -    Quvasoy shahri ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi mudiri o‘rinbosari, Farg‘ona viloyati

Qudratov Fayzullo    -    Sariosiyo tumani tibbiyot birlashmasining Sharg‘un hududiy bo‘limi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati

Mamadaliyev Abduraxmon Mamatkulovich    -    Samarqand davlat tibbiyot institutining neyroxirurgiya kafedrasi mudiri 

Mambetmuratov Keunimjay    -    Kegeyli tumani tibbiyot birlashmasining reanimatsiya bo‘limi mudiri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Oderiy Yelena Vasilevna    -    O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining markaziy poliklinikasi jarrohi

Surayeva Marina Nikolayevna    -    Mirobod tumanidagi 3-oilaviy poliklinikasining terapiya bo‘limi mudiri, Toshkent shahri  

Soy Yelena Sergeyevna    -    Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi mutaxassisi

«Sog‘lom turmush» medali bilan

Baymurzayeva Bibijamal Bekbergenovna    -    Chimboy tumanidagi 56-qishloq oilaviy poliklinikasi mudiri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Bobodjonov Baxrom Abdurasulovich    -    Bekobod tumanidagi 3-qishloq oilaviy poliklinikasi mudiri, Toshkent viloyati

Yorkulov Inatulla Eshmurzayevich    -    O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy qism tibbiyot punkti feldsheri

Qayumova Dilbarxon G‘afarovna    -    Uychi tumanidagi «Axsi» oilaviy shifokorlik punkti mudiri, Namangan viloyati

Mansurova Muyassar Bayramovna    -    Qorako‘l tumanidagi 53-oilaviy poliklinikasi mudiri, Buxoro viloyati

Ruzibayev Rashid Yusupovich    -    Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali direktori, Xorazm viloyati 

Tilaganova Lolaxon Akbaraliyevna    -    Yunusobod tumanidagi 51-oilaviy poliklinikasining umumiy amaliyot bo‘limi mudiri, Toshkent shahri 

«Shuhrat» medali bilan

Axunjanova Saida Sadikaliyevna    -    Mingbuloq tumanidagi «Do‘msa» oilaviy shifokorlik punkti patronaj hamshirasi, Namangan viloyati

Ashurov Begmat Umirovich    -    Oqdaryo tumanidagi «Oqdaryo tabobati» xususiy shifoxonasi bosh shifokori, Samarqand viloyati

Bakirov Bekmurod Dilmurodovich    -    Bo‘ston tumani tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam bo‘limi jarrohi, Andijon viloyati

Bekova Nigara Tagripovna    -    Yuqori Chirchiq tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi oilaviy shifokori, Toshkent viloyati 

G‘aniyeva Umida Abubakirovna    -    Oltiariq tumani tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam bo‘limi katta hamshirasi, Farg‘ona viloyati  

Davlatov Vaxobjon Xudoynazarovich    -    Zarafshon shahridagi «Vahob Denta Lyuks» xususiy klinikasi direktori, Navoiy viloyati

Daminov Bekzod Nuriddinovich    -    Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filiali xirurgiya bo‘limi shifokori, Jizzax viloyati

Ibragimov Razzak Umurzakovich    -    Nurobod tumani tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limi mudiri, Samarqand viloyati 

Ibraximov Mo‘min Xasanovich    -    Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasining ko‘chma brigadasi shifokori 

Kalimbetov Nzamatdin Sharapovich    -    Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qoraqalpog‘iston filiali tez tibbiy yordam bo‘limi bosh feldsheri

Kamilova Rano Abbasovna    -    Toshkent shahridagi «M.Fedorovich klinik sanatoriysi» mas’uliyati cheklangan jamiyatibosh hamshirasi

Mamatkulov Baxtiyar Saparovich    -    Boyovut tumani tibbiyot birlashmasining reanimatsiya bo‘limi anesteziolog-reanimatologi, Sirdaryo viloyati 

Meliqulov Alisher Almardonovich    -    Toshkent shahridagi «Akfa Medline» mas’uliyati cheklangan jamiyatining kardioxirurgiya bo‘limi boshlig‘i

Mirzaraximova Zulfiya Xusanxodjayevna    -    Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokor-endokrinologi

Oltiyev Nodirjon Avliyoqulovich    -    Olot tumani tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam bo‘limi mudiri, Buxoro viloyati 

Ochildiyeva Zebiniso Boboraxmatovna    -    Denov tumanidagi «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi katta hamshirasi, Surxondaryo viloyati 

Radjamatova Maxfuza Mamasaliyevna    -    Respublika maxsus 1-Zangiota shifoxonasining reanimatsiya bo‘limi katta hamshirasi 

Raximova Saodat Daminovna    -    Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qarshi filiali kardioreanimatsiya bo‘limi mudiri

Sodiqova Marxamat Xazratqulovna    -    Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax filiali hamshirasi

Temirov Farxod Turopovich    -    Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi anesteziolog-reanimatologi 

Xudayberganova Zuxra Oktamovna    -    Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bosh hamshirasi

Xudoyarova Manzuraxon    -    Izboskan tumanidagi «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi hamshirasi, Andijon viloyati

Eshankulova Matluba Taxirovna    -    Navoiy viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi shifokori

Yakubov Akmal Abdusamatovich    -    Toshkent shahridagi «Heart Team Clinic» mas’uliyati cheklangan jamiyati kardiologi.

 

O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti                                           Sh.Mirziyoyev

Manba: O'zA

Поделиться