O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda shaxmat bo‘yicha “Prezident kubogi” start oldi

2021-11-12 | Sport

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnir boshlandi.

Musobaqadan avval unga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Tadbirda Turizm va sport vazirligi hamda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi rahbariyati, turnir referisi, armanistonlik taniqli xalqaro hakam Ashot Vardapetyan, turnir direktori Ahmadjon Erkaboyev hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Dastavval OAV vakillariga musobaqa haqida qisqacha ma’lumot berildi.

Bugungi pandemik vaziyatda “Prezident kubogi” xalqaro turniriga dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan 27 nafar grossmeyster, 16 nafar xalqaro grossmeyster, ko‘plab FIDE ustasi hamda sport ustalari ishtirok etayotgani musobaqaning nufuzi ancha yuqori ekanligidan darak beradi.

Shundan so‘ng turnirning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Turizm va sport vazirining o‘rinbosari Avaz Karimov ishtirok etdi hamda 17-jahon chempioni, hamyurtimiz Rustam Qosimjonovga qarshi ramziy yurish bilan xalqaro turnirni ochib berdi. Xalqaro turnir shveysarcha tizim bo‘yicha ikki bosqichda – guruh bosqichi (onlayn) va final (7 tur, taxta ustida), shuningdek, asosiy bosqich (10 tur) bo‘yicha o‘tkaziladi.

Musobaqada O‘zbekiston sharafini Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov, Jahongir Vohidov, Javohir Sindorov kabi yosh va iqtidorli grossmeysterlarimiz himoya qilishadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться