O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasining “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni hududlarda muhokama qilinmoqda
2021-11-11 | Iqtisodiyot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligi 2021-yil 1-noyabr kuni ““2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi” muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda Prezidentimiz tomonlaridan berilgan topshiriqlariga ijrosini ta'minlash maqsadida 2022-yil Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonun loyihasi Hududlarda, mahalliy kengashlar halq deputatlari, tadbirkorlar va fuqarolar ishtirokida muhokama qilinmoqda.
Muhokamalarda Moliya vaziri o‘rinbosarlari 2022-yil uchun budjet loyihasida soliq budjet siyosatidagi asosiy o‘zgarishlarni, mahalliy budjetlar mustaqilligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yig‘ilish ishtirokchilariga batafsil tushuntirib bermoqdalar. Xususan bu kabi tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida tashkil etildi. Xafta davomida respublikamizning qolgan hududlarida ham bu kabi seminarlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi