O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston AIBA bayrog‘ini qabul qilib oldi
2021-11-08 | Sport
Serbiya poytaxti Belgrad shahrida o‘tgan boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan delegatsiyamiz Toshkentga qaytib keldi.
Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi. Marosimida O‘zbekiston boks federatsiyasi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi mutasaddilari, sportchilarimizning yaqinlari va muxlislar ishtirok etishdi.
Ta’kidlash joiz, jahon chempionatida Abdumalik Xalakov kumush, Madiyar Saidrahimov esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Qayd etish joiz, musobaqaning tantanali yopilish marosimida MOQ raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov keyingi jahon chempionati mezboni sifatida Xalqaro boks assotsiatsiyasi AIBA bayrog‘ini qabul qilib oldi. Eslatib o‘tamiz, 2023-yil poytaxtimiz ilk bor kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi