O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sertifikatlangan diplomli buxgalterlar xalqaro assotsiatsiyasi (ACCA) vakillarining Oʼzbekistonga tashrifi kutilmoqda

2021-11-02 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi, O‘zbekiston auditorlar palatasi va Sertifikatlangan diplomli buxgalterlar xalqaro assosiasiyasi (ASSA) o‘rtasida 2020-yil 30-iyul kuni MHXS sohasida mutaxassislarni tayyorlash va xalqaro kasbiy sertifikatlashning zamonaviy tizimini joriy etish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan.

Mazkur Memorandum doirasida 2021-yil 8-11-noyabr kunlari ASSA vakillari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Tashrif davomida ASSA vakillari bilan bir qator uchrashuvlar rejalashtirilgan. Xususan, ASSA vakillari Moliya vazirligi, oliy ta'lim muassasalari va ASSA akkreditasiyasidan o‘tgan o‘quv markazlari bilan uchrashadi.

Moliya vazirligining ASSA vakillari bilan uchrashuvi doirasida O‘zbekistonda MHXS bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha istiqbolli rejalar, o‘zaro anglashuv Memorandumi bilan tasdiqlangan yo‘l xaritasida nazarda tutilgan vazifalar hamda o‘zaro faoliyatni yanada kengaytirishga bag‘ishlangan masalalar muhokama qilinadi. 

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться