O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Surxondaryoda Prezident maktabi ochildi

2021-11-01 | Ta’lim

Termiz shahrida Prezident maktabi foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Prezident maktabi pedagoglari va o‘quvchilari, nuroniylar va o‘quvchilarning ota onalari ishtirok etdi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta’lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova, viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, sentator Orziqul Soatovlar so‘nggi yillarda mamlakatimiz ta’lim tizimida yuz berayotgan o‘zgarish va yangilanishlar chuqur bilimga ega, har taraflama barkamol  yosh avlodni tarbiyalashga xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi. Xorijnikidan qolishmaydigan barcha zamonaviy sharoitlarga ega Prezident maktablari ham eng iqtidorli va bilimga chanqoq o‘g‘il-qizlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochgani qayd etildi. 

Termiz shahrining qoq markazida qad rostlagan muhtasham ta’lim muassasasi 168 o‘ringa mo‘ljallan bo‘lib, bu yerda o‘quvchilarning fan sirlarini mukammal egallashi uchun barcha qulaylik yaratilgan. Sinfxonalar eng so‘nggi rusmdagi zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan. Yuqori tezlikka ega internet tarmog‘iga ulangan.  

Salobatli ta’lim muassasasida qurilgan sport va boshqa tadbirlar o‘tkaziladigan zallar, oshxona, yotoqxona kabi qo‘shimcha xonalar ham yuksak did bilan jihozlangan.

Viloyatda bunyod etilgan yangi ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun joriy yilda o‘tkazilgan ilk test sinovlariga 9 ming 676  nafar iqtidorli o‘quvchi hujjat topshirdi. Yoki bir o‘ringa o‘rtacha 67,7 nafardan talabgor to‘g‘ri keldi. Ularning eng yuqori ball to‘plagan 144 nafari maktabning 5-,6-,7-,8-,9-,10 sinflariga o‘qishga qabul qilindi.

–Ikkinchi o‘g‘lim Dilshodjon Ergashev axborot texnologiyalariga juda qiziqadi, – deydi termiz shahrilik Tursoat Ibragimov.– Shuningdek, boshqa fanlar bilan birga ingliz tilini ham chuqur o‘rganmoqda. Boshqa yoshlar qatori u ham Prezident maktabida o‘qish istagini bildirib, hujjat topshirgan edi. Barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, shu maktabning ilk o‘quvchilari safidan o‘rin oldi. Gapning ochig‘i, yangi ta’lim muassasasida farzandlarimiz uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘rib boshimiz osmonga yetgudek bo‘ldi. Farzandlarimiz baxtu-iqboli va mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor uchun Prezidentimizdan minnatdormiz.

Darslar ingliz tilida o‘tiladigan mazkur maktabda o‘quvchilarga eng tajribali 12 nafar xorijlik va 20 nafar mahalliy pedagog saboq beradi.  Tantanali marosim yakunida ishtirokchilar Prezident maktabida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Manba: O'zA

Поделиться