O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

"O‘zbekistonning Yangi Iste'dodli Yoshlari" dasturi doirasida Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2021-11-01 | Jamiyat

Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetida davlat aktivlari, davlat xaridlari, tadbirkorlik, valyuta bozori va oldi-sotdi bilan bog‘liq mavzularda talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ma'ruzachilar Davlat xaridlari departamenti direktori birinchi o‘rinbosari Nazarov Sarvar, O‘zbekiston Respublikasi aktivlarni boshqarish Davlat qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Jumaev Sardor, iqtisodiy taraqqiyot va qashshoqlikni qisqartirish vazirligi qo‘shidagi biznes va tadbirkorlik ko‘nikmalari boshqarmasi boshlig‘i, Iqtisodiyot doktori, professor  Rasulova Dilfuza, "Realnie Investitsii " tashkiloti  asoschisi Eshniyozov Shohjaxon bo‘ldi.

2018-yil 9-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan "Davlat xaridlari to‘g‘risida" gi yangi qonun (No. O‘RQ-472). Qonunda xarid tartiblarining 5 turi belgilangan bo‘lib, ularning ayrimlari qaror qabul qilishda inson omilini butunlay istisno qiladi. Shunday qilib, davlat xaridlari jarayoni oshkora, hamma uchun qulay bo‘ladi va korrupsiya omili ham chiqarib tashlanadi.

Yana bir yangilik-davlat xaridlarining maxsus axborot portali (xarid.uz ). Portalda O‘zbekistondagi davlat xaridlari sohasidagi qonunlar bilan tanishish, ishtirokchilar va xaridorlar uchun ko‘rsatmalarni yuklab olish  va tez-tez so‘raladigan savollarga javob topish mumkin.

Sarvar Nazarov yoshlar bilan ushbu Qonunning maqsadlari va davlat xaridlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, davlat xaridlari sub'ektlarining tamoyillari va yondashuvlari, ushbu sohadagi vakolatli organlar haqida qiziqarli suhbat o‘tkazdi.

Uchrashuv doirasida talabalar ushbu mavzuga katta qiziqish bildirdilar, o‘zlarini qiziqtirgan tegishli savollarni berdilar.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться