O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklikni jadal rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

2021-10-28 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi doirasida Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiyasi hamraislari – O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov hamda Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri M.Reshetnikov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasida ustuvor yo‘nalishlarda iqtisodiy sheriklikni chuqurlashtirishning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan konstruktiv fikr almashildi.
 
Aniq investitsiya loyihalari, o‘zaro savdoni oshirish, transport va logistika aloqalarini mustahkamlash hamda bank-moliya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar atroflicha ko‘rib chiqildi.
 
Yangi va eng salohiyatli tashabbuslar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi o‘rtasida tashkil etilgan Loyiha ofisi tomonidan ishlab chiqilgan takliflar ko‘rib chiqildi.
 
O‘zbekiston-Rossiya savdo aylanmasini oshirish uchun ulkan imkoniyatlar borligini qayd etib, tomonlar barcha mavjud to‘siqlarni chuqur va har tomonlama o‘rganishga hamda ularni bartaraf etish mexanizmlarini ishlab chiqishga kelishib oldilar. Bunda texnik qoida va standartlar, sanitariya va fitosanitariya standartlari uyg‘unlashtiriladi, shuningdek, bojxona tartibotlari raqamlashtiriladi.
 
O‘zaro yuk tashish hajmini oshirish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, jumladan, mavjud bo‘lgan transport yo‘laklaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda ikki davlatni bog‘lovchi yangi yo‘laklarni yaratish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish shakllari belgilab olindi.
 
Tomonlar yangi “2022-2026-yillar uchun savdo - iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar hamkorlik dasturi”ni qisqa muddatlarda maromiga yetkazish va kelishish bo‘yicha yakdil fikr bildirdilar. Ushbu Dastur aniq chora-tadbirlar, mexanizmlar, muddatlar va mas'ul idoralarni o‘zida mujassam etgan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishni belgilovchi yagona strategik hujjat bo‘ladi va uni amalga oshirish uchun “Yo‘l xaritasi” bir vaqtning o‘zida ishlab chiqiladi.
 
Tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarini jalb etgan holda munosabatlar asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha mavjud barcha masalalar ustida ish olib borildi, o‘zaro maqbul yechimlar ishlab chiqildi, qo‘shma loyiha va tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar rejalashtirildi. Uchrashuv yakunida tomonlar ko‘rib chiqilgan hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha munosabatlarni faollashtirishga kelishib oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться