O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xorazm viloyatida umumta’lim maktab rahbarlari IT-sohasida o‘qitildi
2021-10-28 | Ta’lim
Bugungi kunda Xalq ta’limi muassasalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiyalarini joriy etish, shuningdek umumta’lim maktablari rahbar va xodimlarini raqamli texnologiyalar sohasida malakasini oshirishga katta e’tibor berilmoqda.
Shu sababli, Xorazm viloyatining hududlarida faoliyat ko‘rsatayotgan Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarida umumta’lim maktablari direktorlari uchun zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida malaka oshirish kurslari tashkil etildi. O‘quv kurslari natijalariga ko‘ra, ishtirokchilarga malaka oshirganlik to‘g‘risida tegishli sertifikatlar topshirildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi