O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xorazm viloyatida “Bolalar shaharchasi” tarbiyalanuvchilari uchun IT-kurslar tashkil etildi
2021-10-26 | Yoshlar
Xorazm viloyati Xiva shahridagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi tomonidan “Bolalar shaharchasi” tarbiyalanuvchilari uchun dasturlash bo‘yicha o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yildi.
O‘quv kurslari IT-park hamda “Meros” jamg‘armasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Amalga oshirilayotgan o‘quv kurslari kelgusida bolalar shaharchasi va mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasblarni egallashlari va yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun zamin yaratadi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi