O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
О‘zbekistonda YXHT parlament assambleyasi kuzatuvchilari missiyasi o‘z faoliyatini boshladi
2021-10-22 | Saylov
21-oktabr kuni Markaziy saylov komisiyasi Raisi Zayniddin Nizamxodjayevning YeXHT qisqa muddatli kuzatuvchilarning maxsus koordinatori Reynxold Lopatka va Daniyella de Ridder – YXHT delegasiyasi rahbari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev muloqot chog‘ida mexmonlarni O‘zbekiston saylov qonunchiligidagi yangiliklar, Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.
Qayd etilganidek, saylov jarayonining barcha bosqichlarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida jamoatchilikka o‘z vaqtida ma’lumot berib borish uchun MSK Matbuot markazi va uning hududiy bo‘linmalari faoliyat olib bormoqda. Ushbu maqsadga akkreditasiyadan o‘tgan jami 1672 ta ommaviy axborot vositalari vakillari ham o‘z hissasini qo‘shadi. Asosiy vazifa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi umume’tirof etilgan xalqaro prinsiplar va huquqiy normalarga muvofiq o‘tkazilishini ta’minlashdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirishda xalqaro kuzatuvchilarning saylovlarda ishtiroki muhim ahamiyat kasb etishini hisobga olib, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning turli institutlariga saylovlarni kuzatish uchun taklifnomalar yuborildi. Akkreditasiyadan o‘tgan xalqaro kuzatuvchilar soni 969 tani tashkil etadi. Bulardan 629 ta xalqaro tashkilotlardan, 340 tasi xorijiy davlatlardan.
Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, YXHT PA delegasiyasi tarkibiga Fransiya, Chexiya, Gresiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya, Niderlandiya, Estoniya, Latviya va boshqa 25 davlatlar parlamentlarining 120 yaqin vakillari kiradi.
Manba: Markaziy saylov komissiyasi