O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ozarbayjon delegatsiyasi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2021-10-13 | Siyosat
Qo‘shilmaslik harakatining yubiley sammitida ishtirok etish uchun Belgradda (Serbiya) bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan uchrashdi.
Muloqotda ikki tomonlama kun tartibining ustuvor masalalari, O‘zbekiston va Ozarbayjonning xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi o‘zaro munosabatlari yuzasidan fikr almashildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi