O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Isroil Turizm vaziri bilan uchrashuv to‘g‘risida
2021-10-13 | Siyosat
Nur-Sulton shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Isroil Davlatining Turizm vaziri, savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Isroil hukumatlararo komissiyasi hamraisi Yoel Razvozov bilan uchrashdi.
Vazirlar turli sohalarda O‘zbekiston-Isroil hamkorligining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildilar. Savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalarda, shuningdek, innovatsiya, tibbiyot, ta’lim va sayyohlik yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlik salohiyatidan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuvda, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida bo‘lajak qo‘shma tadbirlar haqida ham fikr almashildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi