O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Fransiya Elchisi bilan uchrashuv
2021-10-08 | Siyosat
2021-yil 8-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Fransiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Aurelia Bushezni qabul qildi.
Elchining ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilar ekan, Vazir uni mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi. Elchining kasbiy tajribasi O‘zbekiston va Fransiya munosabatlarini yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishiga umid bildirildi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, avval turli darajalarda erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilish jarayoni ko‘rib chiqildi. Siyosiy muloqotni faollashtirish, parlamentlararo munosabatlarni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni, madaniy-gumanitar va turizm sohalaridagi almashinuvlarni jadallashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tomonlarning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi o‘zaro hamkorligi yuzasidan ham fikr almashildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi