O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

2021-10-05 | Hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

2017-202-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, ehtiyojmand oilalarning farzandlarini, chin yetimlarni, og‘ir kasallikka chalingan va nogironligi bo‘lgan bolalarni davolash, ularning ta’lim olishini, uy-joy bilan ta’minlanishini hamda kasb egallashlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida:

1. Oliy Majlis palatalari va Vazirlar Mahkamasining Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondini (keyingi o‘rinlarda – Bolalar jamoat fondi) tashkil etish va unga muassislik qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

2. Quyidagilar Bolalar jamoat fondining eng muhim vazifalari etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:

og‘ir vaziyatga tushgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni aniqlash va ularga manzilli ijtimoiy va moddiy yordam ko‘rsatish tadbirlarini tashkil etish va moliyalashtirish;

bolalarning hayoti uchun xavf soluvchi og‘ir, surunkali hamda kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va ularni respublikada yoki zarur hollarda xorijiy davlatlarda davolash uchun tibbiy, ijtimoiy va moliyaviy yordam ko‘rsatishning qo‘shimcha mexanizmlarini joriy etish;

ehtiyojmand oilalarning farzandlari hamda imkoniyati cheklangan bolalarni bepul dori vositalari, tibbiy va protez-ortopedik buyumlar bilan ta’minlash;

jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni ta’lim olishlarida ko‘maklashish, shu jumladan, maxsus o‘quv adabiyotlar va o‘quv qurollari bilan ta’minlash;

nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy moslashtirish, ularga qiziqishlaridan kelib chiqib kasb-hunar o‘rgatish va ularni uy sharoitida o‘zini o‘zi band qilishi uchun asbob-uskunalar bilan ta’minlash;

og‘ir tashxisli kasalliklari bo‘lgan bolalarni parvarish qilayotgan kam ta’minlangan oilalarni homiylikka olish;

nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir, shu jumladan, ularga yuqori texnologik ixtisoslashgan reabilitatsion tadbirlarni tashkil etish va moliyalashtirish.

3. Quyidagilar:

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining Vasiylik kengashi tarkibi 1-ilovaga muvofiq;

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi Vasiylik kengashining yordamchi organi sifatida Ekspertlar guruhi tarkibi 2-ilovaga muvofiq;

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi ijro direksiyasiнинг boshqaruv xodimlari cheklangan soni 10 nafar bo‘lgan tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi ijro direksiyasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik yordamlarini olish bo‘yicha murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish sxemasi 4-ilovaga muvofiq ma’qullansin.

4. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:

Bolalar jamoat fondi boshqaruvining yuqori organi uning muassislari umumiy yig‘ilishi hisoblanib, ushbu yig‘ilish har yili kamida bir marta o‘tkaziladi;

Bolalar jamoat fondining Vasiylik kengashi Bolalar jamoat fondi boshqaruvining umumiy yig‘ilishlari oralig‘idagi rahbar organidir;

Bolalar jamoat fondi ijrochi direktori lavozimga Bolalar jamoat fondining Vasiylik kengashi tomonidan muassislar umumiy yig‘ilishi taqdimnomasiga muvofiq tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;

Bolalar jamoat fondi ijro direksiyasining shtat birliklarini saqlash bilan bog‘liq xarajatlar uning shakllantirilgan mablag‘lari hisobidan qoplab boriladi.

5. Bolalar jamoat fondining asosiy pul mablag‘lari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:

Davlat byudjeti hisobidan 2021-2022 yillarda mablag‘larni amalda o‘zlashtirilishiga qarab 100 milliard so‘m miqdoridagi beg‘araz moliyaviy yordam;

jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy xayriyalari;

davlat, xorijiy va xalqaro tashkilotlar, chet davlatlar ajratadigan grantlar;

kraudfanding mexanizmlari orqali kelib tushgan mablag‘lar;

vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joyлaштиришdaн olingan daromadlar;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Moliya vazirligi (T.Ishmetov) Bolalar jamoat fondi Vasiylik kengashining (B.Musayev) asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq Bolalar jamoat fondining asosiy vazifalarini amalga oshirish uchun zarur mablag‘larning Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutilishini ta’minlasin.

6. Belgilab qo‘yilsinki:

Bolalar jamoat fondiga homiylik qilingan mablag‘lar soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kiritiladi;

Bolalar jamoat fondi soliqlarning barcha turlaridan ozod etiladi (ijtimoiy soliq bundan mustasno).

7. Belgilansinki, 2024-yil 1-yanvarga qadar davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha Bolalar jamoat fondi tomonidan olib kelinadigan dori vositalari, tibbiyot uskunalari va protezlash vositalari bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinadi.

8. Bolalar jamoat fondiga:

o‘z mablag‘larini oluvchilar kesimida, shu jumladan, ularning shaxsini ochiqlamagan holda yoshi, jinsi, ijtimoiy holati hamda moliyalashtirish manbai kesimida, shuningdek, Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar va ularning ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hisobot oyining yakuni bilan keyingi oyning 25-sanasiga qadar rasmiy veb-saytiga joylashtirib borish;

o‘z mablag‘lari xarajatlari masalalarini muhokama qilishga jamoatchilikni jalb etish;

faoliyatining auditorlik tekshiruvi natijalari hisobotini keng jamoatchilikka, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari, xalqaro va boshqa tashkilotlarga taqdim etib borish tavsiya etilsin.

9. Bolalar jamoat fondi Vasiylik kengashi (B.Musayev):

a) 2021-yil 20-oktyabrga qadar Bolalar jamoat fondi ijro direksiyasini yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish hamda Bolalar jamoat fondi ustavini tasdiqlash choralarini ko‘rsin;

b) 2021-yil 15-noyabrga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda keng jamoatchilik fikrini va ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi “Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilishini ta’minlasin:

Bolalar jamoat fondining maqomi, faoliyati kafolatlari, huquq
va majburiyatlari;

Bolalar jamoat fondining davlat organlari va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi;

Bolalar jamoat fondi faoliyatini moliyaviy ta’minlash va mablag‘laridan foydalanish tartibi;

Bolalar jamoat fondiga homiylik qilgan shaxslarga imtiyoz va preferensiyalar berish hamda uning faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish tartibi;

v) 2021-yil 1-dekabrga qadar Bolalar jamoat fondi hisobidan uning platformasi va yagona elektron bazasi faoliyatini yo‘lga qo‘ysin hamda Bolalar jamoat fondi faoliyati to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarning platformada joylashtirib borilishini va ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib etilishini ta’minlasin.

10. Toshkent shahar hokimligi (J.Artikxodjayev) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.Ortiqov) bilan birgalikda bir oy muddatda Bolalar jamoat fondini tekin foydalanish huquqi asosida uning faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur sharoitlarga ega bo‘lgan maqbul binoga joylashtirsin.

11. Yoshlar ishlari agentligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

12. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib sog‘liqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev, xalq ta’limi vaziri Sh.X.Shermatov, bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.

Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga 2022-yil 1-martga qadar axborot berilsin.

O‘zbekiston Respublikasi

         Prezidenti                Sh.MIRZIYOEV

Toshkent shahri,

2021-yil 4-oktyabr

 

Manba: O'zA

Поделиться