O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan maqolalar tanlovi e’lon qilindi

2021-09-29 | Texnologiyalar

Toshkent shahridagi Inha universiteti O‘zbekistondagi elektron hukumat va raqamlashtirishga oid eng yaxshi maqolalar tanlovini e'lon qiladi. 

Tanlovda yosh mutaxassislar va olimlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov natijalari 2021-yil 1-noyabr sanasidan keyin, “Elektron hukumat – 2021” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida e'lon qilinadi. Tanlov ishtirokchilarining eng yaxshi materiallari anjuman maqolalari to‘plamida nashr etiladi.

Tanlov g‘oliblariga O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining diplomlari va  ko'plab qimmatbaho sovrinlar topshiriladi. Shu bilan birga, maqolalar  Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) ro‘yxatidan o‘rin olgan jurnallarda, shuningdek, mamlakatning eng yaxshi bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida chop etilish uchun tavsiya etiladi.

Arizalar 2021-yilning 25-oktabrgacha qabul qilinadi.

Maqolalar quyidagi elektron pochta manzilida qabul qilinadi: e-govtanlov21@inha.uz

Tanlovida qatnashish shartlari bilan tanishish uchun: https://inha.uz/content/news/1289

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться