O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni o’z egalariga topshirildi

2021-09-29 | Turizm

27-sentabr – Butunjahon turizm kuni munosabati bilan “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida vazirlik va idoralar, diplomatik korpuslar, xalqaro tashkilotlar, taniqli san‘atkorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Maʼlumot uchun: Butunjahon turizm kuni 1980-yildan buyon nishonlanib kelmoqda hamda turizmni targ‘ib qilish, uning jahon iqtisodiyotiga qo‘shayotgan hissasini keng targ‘ib etish hamda turli mamlakatlar xalqlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan.

Tadbirni Bosh vazir o’rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov ochib berdi. 

“Davlatimiz rahbari tomonidan turizm sohasi milliy iqtisodiyotimizning strategik yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab berildi hamda soha rivoji uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratish maqsadida qator farmon va qarorlar imzolandi. So‘nggi 5 yilda turizm sohasidagi katta o‘zgarishlar mamlakatimizning “ochiqlik siyosati”ni amalga oshirish natijasida xorijiy davlatlar fuqarolari uchun O‘zbekistonga vizasiz kirish bo‘yicha davlatlar soni 9 tadan 90 taga ko‘paytirilganligi, sohada joylashtirish vositalari soni 2 baravarga oshirilib, qo‘shimcha 800 ta mehmonxona va xostellar, hamda 1 000 ga yaqin turistik korxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi, avval mavjud bo‘lmagan 2 050 tadan iborat oilaviy mehmon uylari tashkil etilganligi, shu orqali xonadon egalari muqim daromad manbaiga ega bo‘lganligida o‘z aksini topmoqda”, - deya ta’kidladi vazir.

Qayd etsh lozimki, amalga oshirilgan ishlar natijasida turizm sohasining eksport hajmi 3 baravarga oshdi va pandemiyaga qadar, yaʼni 2019 yilda 1,3 mlrd. dollarni tashkil etib, 260 ming aholi bandligi taʼminlandi.

Sayyohlar uchun qulay infratuzilma yaratish, hududlarning sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib qilish orqali 2016-2019 yillarda ichki sayyohlar tashriflarining o‘sishi 67 foizni tashkil qildi, xorijiy sayyohlarning yurtimizga tashrifi esa 5 barobarga ortdi.

O‘zbekistonning tobora ko‘proq xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallab kelayotganligi mamlakat turizmining The New York Times, The Guardian, The Independent, Global Muslim Travel Index, National Geographic Traveler Awards, Lonely Planet kabi yetakchi xorijiy nashrlardagi yuksak eʼtirofida o‘z tasdig‘ini topmoqda.

Shuningdek, Butunjahon turizm kuni munosabati bilan turizm sohasi vakillarini rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qarori bilan ularni mukofotlash tartibi to‘g‘risidagi nizom – “Turizm fidoyisi” tasdiqlandi. Unga muvofiq, O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish va ommalashtirishga munosib hissa qo‘shgan davlat organlari, jamoat tashkilotlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar xodimlari, ijtimoiy soha va ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek chet eldagi vatandoshlar faol targ‘ibot ishlari uchun “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.

2021-yilda “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda quyidagi nomzodlarga topshirildi:

1.       Abdugaffarov Nosir

2.       Abdulazizov Isroil

3.       Abduvaxobov Ilxom

4.       Abduxalikov Firdavs

5.       Ahmedov Abdumalik

6.       Bakanov Aleksandr

7.       Davidov Hay

8.       Egamberdiev Sharof

9.       Eshonqulov Zayniddin

10.     Golender Boris

11.     Ikramova Barno

12.     Ismailov Bobir

13.     Kadzoeva Lyudmila

14.     Klazemann Shtefani

15.     Kurmanov Alisher

16.     Malkova Larisa

17.     Mirzaaxmedov Rasuljon

18.     Najmidinov Baxriddin

19.     Pak Sona

20.     Rashidov Nasriddin

21.     Rasulova Ziroat

22.     Raxmatova Fotima

23.     Raxmatova Zuxra

24.     Raxmatullaev Bekzod

25.     Rtveladze Edvard

26.     Sirotina Dariya

27.     Umarov Akbar

28.     Umarova Aziza

29.     Xaydarov Rashid

30.     Yakubova Dilobar

Tadbir doirasida shuningdek, Baxriddin Chustiyning Non kitobi taqdimoti o‘tkazildi.

Bundan tashqari, tadbir doirasida sog’lom turmush tarzi hamda ekologiya madaniyatini shakllantirish maqsadida o’kazilgan “Avtomobilsiz kun” hamda innovatsion biznes g’oyalarni ilgari suruvchi “II “Tourism. The path to innovation” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi” tanlovlari g’oliblari mukofatlandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться