O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turizm va sport vazirligi noyob koshinlarni O‘zbekistonga qaytargani uchun Britaniya muzeyiga minnatdorlik bildirdi

2021-09-29 | Turizm

Yaqinda Britaniya muzeyidan mamlakatimizga 6 naqshinkor tarixiy koshin qaytarildi. Ular mazkur muzeyning Yaqin Sharq departamenti katta kuratori J.Simpson tomonidan O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasiga repatriatsiya qilish uchun topshirilgan. Koshinlarning umumiy og‘irligi 25 kg bo‘lib, 3 qutiga joylashtirilgan.

Maʼlumot uchun, koshinlar 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi hududidan noqonuniy olib chiqib ketilgan hamda Londonning Xitrou aeroportida qo‘lga olingan.

Britaniya mutaxassislar fikriga ko‘ra, XIII-XIV asrlarga oid ushbu tarixiy yodgorliklar Samarqanddagi Shohi Zinda majmuasiga tegishli ekani ehtimol qilingan. Shuningdek, tomonlar kelishuviga ko‘ra, koshinlar 17-maydan 1-avgustga qadar Britaniya muzeyida namoyish etilgan.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov Britaniya muzeyi direktori Xartvig Fisherga ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun minnatdorchilik yo‘llab, har ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlik bundan keyin ham davom etishiga ishonch bildirdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться