O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bryusselda O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha 9-tur muzokaralari boshlandi

2021-09-28 | Iqtisodiyot

27-sentabr kuni Bryusselda (Belgiya) investisiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari B.Abidov boshchiligidagi hamda asosiy vazirlik va idoralar vakillari va ekspertlaridan iborat O‘zbekiston delegasiyasi O‘zbekiston Respublikasi hamda Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (KShHTB) loyihasi bo‘yicha muzokaralarining 9-raundini boshladi.

Keyingi besh kun davomida o‘zbekistonlik va yevropalik mutaxassislar KShHTB loyihasi matnini muhokama qiladilar. Uning ustida ishlash 2019-yilda boshlangan. Shu davr mobaynida Toshkent va Bryusselda muzokaralarning 8 raundi shuningdek, Bitim matnini muhokama qilish yuzasidan ekspertlarning bir qator uchrashuvlari o‘tkazildi.
 
KShHTB Yevropa Ittifoqi bilan ko‘p tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, Yevropa investisiyalarini shuningdek, intellektual mulk, kapital harakati, texnik, sanitar va fitosanitar jihatdan tartibga solish hamda boshqa sohalarda Yevropa tajribasini jalb qilish vositalaridan biri hisoblanadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться