O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kattaqo‘rg‘onda harbiylar ustozlarini bayram bilan qutladi

2021-09-27 | Ta’lim

Dunyoda shunday kasb egalari borki, ularsiz hayotimizni tasavvur qilish qiyin. O‘qituvchilar esa hayotimiz charog‘bonlaridir. Kim bo‘lmaylik, qaysi sohada ishlamaylik, barchamizga muallimlar ta’lim va tarbiya berishgan.

Xalqimizda “Ustoz otangdek ulug‘”, degan so‘z bor. Kimki bu hayotda biror yutuqqa erishsa, kasbidan e’zoz topsa, uning qalbida ustozlariga, birinchi o‘qituvchisiga bo‘lgan hurmat abadiy muhrlanadi.

Xususan, qutlug‘ ayyom, ya’ni “Ustoz va murabbiylar kuni” da ham barchamiz bizga ilm o‘rgatgan, hayot sabog‘ini bergan jonkuyar, fidoyi o‘qituvchi va murabbiylarimizga chuqur hurmat bajo keltirib, chin dildan ta’zim qilamiz.

Jumladan, Kattaqo‘rg‘on garnizonida yigitlik burchini o‘tayotgan bir guruh harbiy xizmatchilar ham o‘zining ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini yosh avlod tarbiyasiga baxsh etib kelayotgan o‘qituvchi va murabbiylarining mehnatini yuksak baholab bayram bilan qutlashdi.

Yuksak ma’suliyatli, mashaqqatli va sharafli mehnati davomida ulkan zafarlarni tilagan harbiy xizmatchilarning samimiy tilaklari va sovg‘alari soha vakillarini ko‘nglini tog‘dek ko‘tardi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

Поделиться