O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Samarqand viloyatidagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bepul IT kurslarda o‘qitilmoqda
2021-09-27 | Texnologiyalar
Samarqand viloyati IT park filiali hamda Respublika “Meros” jamg’armasi tomonidan “Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini IT sohasiga bepul o’qitish” loyihasi birinchi bosqichi boshlandi.
Loyihaning birinchi bosqichida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan 15 nafar o‘g‘il-qizlar jalb qilinib, ularga kompyuter savodxonligi bo‘yicha darslar o‘tildi.
Shu bilan birga, o’quvchi yoshlarga loyiha mazmuni, IT sohasi hamda loyiha doirasida o’qitiladigan IT kurslar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi