O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

"O‘zsanoatqurilishbank" J.P.Morgan tashkil etgan "Emerging Markets Credit Conference" anjumanida ishtirok etdi

2021-09-24 | Iqtisodiyot

"O‘zsanoatqurilishbank" dunyoning yetakchi investitsion banklaridan biri - J.P.Morgan tashkil etgan "Emerging Markets Credit Conference" anjumanida onlayn tarzda ishtirok etdi. Bunda Bankning xalqaro kapital bozorlarida investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadi ko‘zda tutildi.

Mazkur tadbirda bank va investorlar hamda investitsiyaviy va boshqaruv kompaniyalari o‘rtasida yakkama-yakka uchrashuvlar tashkil etildi. O‘zaro muzokaralarda mamlakat moliya sektorida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar haqida investitsion hamjamiyatni keng xabardor qilish maqsadida moliyaviy natijalar va yangi mahsulotlar muhokama etildi.

Anjuman ishida xalqaro investitsion jamg‘armalar, portfel investorlar hamda «Banco Finantia», «Julius Baer & Co, Ltd», «Prince Street Cap Mgt Inc», «T.Rowe Price International Ltd», «Baillie Gifford & Co», «Bank J. Safra Sarasin (Bahamas) Ltd», «Legal and General Investment Management», «Sovcombank», «Aegon Asset Management», «Blueorchard Finance Limited», «Fidelity Managementand Research» kabi boshqaruv kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Bank Axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, tadbirda taqdimot materiallari taqdim etilib, ular doirasida istiqbolli masalalar, jumladan, salohiyatli investorlar bilan o‘zaro manfaatli sheriklik aloqalarini o‘rnatishning muhim jihatlari muhokama etildi. Bu esa, o‘z navbatida, xalqaro biznes hamjamiyatining "O‘zsanoatqurilishbank"ka nisbatan ishonchini oshirib, uning tashqi moliya bozoridagi mavqeyiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

O‘tkazilgan onlayn uchrashuvlar natijalariga ko‘ra, "O‘zsanoatqurilishban"kning manfaatdor xalqaro investitsion kompaniyalar hamda biznes-akseleratorlar bilan ikki tomonlama hamkorligi yanada kengayishi kutilmoqda.

Manba: O'zA

Поделиться