O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Chirchiq shahridagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun IT kurslar tashkil etildi
2021-09-23 | Jamiyat
IT Park va “Meros” xayriya jamg‘armasi tomonidan Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi 14-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun IT kurslar tashkil etildi. Marosimda Chirchiq shahar Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi mutaxassislari va Mehribonlik uyi jamoasi ishtirok etishdi.
Tadbirda oʻquvchilarga “Meros” xayriya jamg'armasi tomonidan sovg’alar berildi va Respublikamizdagi barcha IT-markazlarda bepul o'qish uchun kuponlar topshirildi. Shu bilan birga ular uchun dasturlash bo‘yicha master-klass o‘tkazildi. Marosim yakunida kelgan mehmonlarga Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari oʻz minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi