O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

II Xalqaro Baxshichilik sanʼati festivali tanlovi g‘oliblari kimlar?

2021-09-22 | Madaniyat

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida II Xalqaro Baxshichilik sanʼati festivali o‘tkazildi.

 Markaziy Osiyo madaniyati sivilizatsiyasida muhim o‘rin tutgan ushbu sanʼat bayramida dunyoning turli davlatlaridan kelgan 260 dan ziyod xalq ijodiyoti namoyandalari, sanʼat va madaniyat arboblari ishtirok etdi.

II Xalqaro Baxshichilik sanʼati festivali doirasida tanlov o‘tkazilib, g‘oliblar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha aniqlandi:

“Milliy sanʼatini targ‘iboti uchun” nominatsiyasi sovrindori — Timko Chichakovski (Makedoniya);

“Baxshichilik sanʼati festivalining yoshi ulug‘ ishtirokchisi” nominatsiyasi sovrindori — Drajik Bugarin (Serbiya);

“Xalqlarning qadimiy meros targ‘ibotchisi” nominatsiyasi sovrindori — Nusrat Ansariy (Hindiston);

“Ajdodlarning unutilayotgan urf-odatlarini tarannum etgani uchun” nominatsiyasi sovrindori — Tolgaxan Tiktash (Turkiya);

“Baxshichilik sanʼati orqali do‘stlik rishtalarini tarannum etgani uchun” nominatsiyasi sovrindori — Talgat Urinbekov (O‘zbekiston);

“Hayʼat aʼzolarining mehrini qozongan ishtirokchi” nominatsiyasi sovrindori — Muqimjon Kamolov (Tojikiston);

“Anʼanalarga sodiq baxshi” nominatsiyasi sovrindori — Qahhor Raximov (O‘zbekiston);

“Muxlislar eʼtirofiga sazovor bo‘lgan eng yaxshi ishtirokchi” nominatsiyasi sovrindori — Kelema (Madagaskar);

“Qadriyatlar davomchisi” nominatsiyasi sovrindori — Ravshan Mamatmuratov (O‘zbekiston);

“Baxshichilik sanʼati jonkuyari” nominatsiyasi sovrindori — Bahrom Raximov (O‘zbekiston);

“Baxshichilik sanʼati festivalining eng yaxshi targ‘ibotchisi” nominatsiyasi sovrindori — “O‘zbekiston-24” telekanali muharriri Zebo To‘xtayeva, operator Ahmad Bayzullayev;

“Baxshichilik sanʼati festivalining eng yaxshi targ‘ibotchisi” nominatsiyasi sovrindori —“O‘zbekiston-24” telekanali muharriri Karina Nizamudinova, operator Abbos Abdusattorov.

Shuningdek, quyida Baxshichilik tanlovida sovrinli o‘rinlarga ega bo‘lgan g‘oliblar quyidagilar:

3-o‘rin

Samad Kochobayev (Qirg‘iziston);

“Kaukasus” guruhi (Gruziya);

Xosseyin Geylan (Eron);

Baxshiqul Tog‘ayev (O‘zbekiston).

2-o‘rin

Elmira Jangabergen (Qozog‘iston);

Mubariz Aliyev (Ozarbayjon);

Aleksey Xovalyag (Rossiya, Tuva);

Gulbahor Aximbetova (O‘zbekiston).

1-o‘rin

Feruz Normatov (O‘zbekiston);

Yuliana Krivoshapkina (Rossiya, Yakutiya).

Gran pri

Janibek Piyazov (O‘zbekiston).

Taʼkidlash joizki, II Xalqaro Baxshichilik sanʼati festivali doirasida o‘tkazilgan tanlovida g‘oliblar:

3-o‘rin — 1.250 AQSH dollari, 2-o‘rin — 1.750 AQSH dollari, 1-o‘rin — 5000 AQSH dollari, Gran-pri sohibi esa 7000 AQSH dollari bilan taqdirlandi.

Bir necha kun davom etgan Xalqaro Baxshichilik tanlovi qadimiy sanʼat turi sanalgan ushbu xalq og‘zaki ijodini rivojlantirish, xalq madaniyatini yuksaltirishga eʼtibor qaratish, Baxshichilik maktabini yaratish orqali ushbu sanʼat turiga qiziquvchi isteʼdodli yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться