O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Vazirlar Mahkamasida tayinlovlar amalga oshirildi
2021-09-22 | Siyosat
«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori hamda «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi tarkibida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Unga ko‘ra, Bekzod Baxtiyorovich Akramov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hamda byudjet, soliq va bojxona siyosatini muvofiqlashtirish masalalari shu’basi mudiri etib;
Zafar Rayimovich Ruziyev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudirining o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi mudiri etib;
Uchqun Abdivoxidovich Maxmudov esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentining Atamashunoslik va toponimik ob’ektlarga nom berish faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi mudiri etib tayinlandi.
Manba: O'zA