O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston delegasiyasi Davlat Dumasiga saylovlarni kuzatdi

2021-09-21 | Saylov

Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Davlat Dumasiga uch kun davom etgan saylovlar yakunlandi. Davlat dumasiga saylov bir bosqichda aralash tizimda o‘tkazilgan bo‘lib, unga 225 deputat – partiyalar ro‘yxati bo‘yicha, 225 nafari esa bir mandatli okruglardan saylanadi.

Davlat dumasi deputatligiga nomzodlarning federal ro‘yxatida 14 ta partiya  hususan,  RFKP, “Yashillar”, RLDP, “Yangi odamlar”, “Yagona Rossiya”, “Odil Rossiya – Haqiqat uchun”, “Yabloko”, Ulg‘ayish partiyasi, Rossiya erkinlik va adolat partiyasi, “Rossiya kommunistlari”, “Fuqarolik platformasi”, “Yashil muqobil”, “Vatan” va Pensionerlar partiyasi kiritilgan.
 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizamxodjaev boshchiligidagi delegatsiya a'zolari ovoz berish jarayonlarini bevosita Moskva shahri va viloyatida joylashgan saylov uchastkalarida hamda Moskva shahri saylovni kuzatish bo‘yicha jamoatchilik shtabi, Rossiya Federatsiyasi Jamoatchilik palatasida joylashgan Saylovlarni kuzatish markazida monitoring qilib bordi.
 
Delegatsiya a'zolari monitoring doirasida onlayn ovoz berish tartibi, saylov uchastkalarida tashkil etilgan videokuzatuv rejimi, koll-markaz faoliyati hamda elektron ovoz berish tizimi haqida ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.  
 
Shuningdek,  ovoz berish natijalarini hisoblash jarayoni bilan tanishish maqsadida Rossiya MSK axborot markaziga tashrif buyurildi.  Qayd etish joiz, Axborot markazi faoliyati Rossiya MSK saytida onlayn translyatsiya qilib borilgan.
 
Davlat Dumasiga saylovlarni kuzatishda 55 mamlakatdan 250 nafar xalqaro kuzatuvchi ishtirok etdi.  Jumladan, Moskva shahri va viloyatida tashkil etilgan saylov uchastkalarini Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi missiyasi tarkibida Markaziy saylov komissiyasi a'zolari G.Rahimova va O.Bozorovlar kuzatib bordi. Komissiya a'zolari tomonidan qayd etilishicha, ovoz berish jarayonlari qat'iy karantin talablariga rioya etilgan holda olib borilgan.
 
Xususan,  saylov uchastkalari tibbiy himoya niqobi va antiseptik vositalari bilan ta'minlangan.   Shuningdek, saylov uchastkasidan nomzodlar haqida ma'lumotlar, pandemiya talablariga rioya etgan holda  ovoz berish qoidalari aks etgan eslatmalar ham o‘rin olgan. Federal saylov okrugida ovoz berishning 99,8 foiz byulletenlar sanog‘i natijasiga ko‘ra, “Yagona Rossiya” partiyasi 49,83 foiz ovoz bilan peshqadamlik qilmoqda. RFKP 18,94 foiz  bilan ikkinchi o‘rin, RLDP  7,51  foiz ovoz to‘plab uchinchi o‘rinni egalladi.
 
Shu o‘rinda yana bir ma'lumot, 20-sentyabr kuni MDH va ShHT Missiyalarining matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Davlat Dumasiga saylovlardagi kuzatuv natijalariga bag‘ishlandi. Unda MDH va ShHT Missiyalaridan kuzatuvchilar o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Manba: Markaziy saylov komissiyasi

Поделиться